Forum yig'ilishlari.
Klubning oktabr oyidagi yig'ilishi biz uchun yangi va noodatiy formatda bo'lib o'tdi. Biz yig'ilgan ishtirokchilar o'rtasida kichik forum yig'ilishlarini o'tkazdik, ular davomida muhim masalalar bo'yicha erkin va ochiq fikr almashish hamda tajribalar bilan o'rtoqlashish imkoniyati paydo bo'ldi. Bunga qo'shimcha ravishda biz yanada yaqinroq tanishib oldik va bir-birimizga bo'lgan ishonchni mustahkamladik!

Oktyabr oyida Oktoberfestni unutib bo'lar ekanmi? Biz oqshomni ko'pikli pivo to'ldirilgan krujka bilan iliq, do'stona muhitda yakunladik ...

Umid qilamizki, bunday forum yig'ilishlari tez-tez o'tkazilib turadi!