19 dekabr kuni Koryoin klubi o'zining 6 yoshini va kirib kelayotgan Yangi yil bayramini nishonladi!
Bayram voqealarga juda boy bo'ldi: yil davomidagi klub faoliyati to'g'risidagi hisobot, klub faollarini taqdirlash, koreys rassomlarining rasmlari auktsioni, to'xtovsiz raqslar, tanlovlar va fleshmoblar – bularning barchasi o'sha oqshomda sodir bo'ldi.
Ayniqsa, boshqa OKBK klublaridan hurmatli mehmonlar kelganidan xursand bo'ldik.