"Atrofdagi va ichki kognitiv buzilishlar" seminar.

Klubning navbatdagi oylik yig'ilishi 8-may kuni "Lotte City Hotel Tashkent Palace" ning bizaga allaqachon yoqib ulgurgan anjumanlar zalida bo'lib o'tdi, uning doirasida "Atrofdagi va ichki kognitiv buzilishlar" mavzusida trening o'tkazildi.

Bizning bu galgi mehmonimiz 20 yillik tajribaga ega psixolog Rustam Muslimov bo`ldi:
- patopsixologiya,
- kognitivistika,
- harbiy psixologiya,
- eksperimental gipnoz,
- sport psixologiyasi, ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqishda.

Treningning asosiy tezislari:
-Nega IQ darajasi yuqori odam ahmoqona qarorlar qabul qiladi?
Tasodif?
Qonuniylik!
Har narsada ahmoqlik virusi aybdor.

Bizning miyamiz bizni aldaydi. Muayyan sharoitlar yuzaga kelganda, deyarli har doim xatoga yo'l qo'yadi. Bu kognitiv buzilish.
Ishtirokchilar kognitiv buzilish bizning kundalik hayotimizga qanday singib ketishini va ular muayyan qarorlarni qabul qilishda qanday ta'sir ko'rsatishini bilib olishlari va amalda qo'llash imkoniyati bo`ldi.

Biz uchun yangi bo`lgan bu tajriba uchun Rustam Muslimovga minnatdorchilik bildiramiz va yangi foydali uchrashuvlarni kutib qolamiz!